Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dabdabali to‘y uchun jarimalar belgilandi. Jarayonda tuman va shahar Kengashlari deputatlari ham ishtirok etdi

Joriy yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilish jarayonlarida mahalliy Kengashlar deputatlarining ham ishtirok etish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 25 fevral kuni bir guruh samarqandlik deputatlar palament quyi palatasida qonun loyihalarining muhokama jarayonida ishtirok etdik.

Unda "Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasi jarayonida 92 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Oliy Masjlis Qonunchilik palatasi 22 martni Mahalla tizimi xodimlari kuni deb belgiladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-1-moddasidagi To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish va buzgan shaxslarga ko‘riladigan jazoni faqat jazo bilangina emas, ko‘proq profilaktikani kuchaytirish bo‘yicha fraksiya deputatlari tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi.

Mahalliy Kengash deputati ushbu jarayonda ishtirok etib, katta taassurot oldim. Angladimki, mahalliy Kengash va Oliy Majlis deputatlari o‘rtasidagi bunday hamkorlik xalq manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlar qabul qilinishiga sabab bo‘ladi.

Akbar MAHMUDOV,xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputati.