Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daniel Hill Hotel” mehmonxonasi O‘zbekistonga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlashga yordam beradi

Toshkent shahrida joylashgan “Daniel Hill Hotel” mehmonxonasi ma’muriyati O‘zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlash uchun yordam berishga shay ekanini ma’lum qildi.

Mehmonxona 350 kishi uchun (150 xona) mo‘ljallangan bo‘lib, unda karantin sharoitidagi yurtdoshlarimiz 3 mahal taom bilan siylanadi.

“Daniel Hill Hotel” mehmonxonasi ma’muriyati mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatni inobatga olib, chet ellik investorlar bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yordam berish va xizmat qilish uchun tayyor.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakat uchun shunday murakkab davrda aholi salomatligini saqlash yo‘lidagi beg‘araz yordamini ayamayotgan “Daniel Hill Hotel” mehmonxonasi ma’muriyatiga samimiy minnatdorchiligini bildiradi hamda soha vakillarini koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda jipslashishga chorlaydi.