Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daraxtga reklama joylashtirgan tadbirkorlar ogohlantirildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi “Geografik ob’yektlarning nomlarini, shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish masalalari hamda joylarda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi qarorining ijrosi haqida” va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi hodimlari va tegishli tashkilotlar hamkorligida reyd tadbirlari tashkil etildi.

Kuzatishlarda joylardagi bino peshtoqlari, daraxlarga o‘rnatilgan tashqi reklama, e’lonlar va peshlavhalar qonunchilik talablariga zid ekanligi, shuning bilan birga yozuvlar mazmuni “Davlat tili haqida”gi qonunga mutlaqo nomuvofiq ekanligi o‘rganildi.

Tadbir davomida shahar ko‘chalaridagi daraxtlarga turli xildagi reklama e’lonlarni joylashtirgan mansabdor shaxs va fuqarolarga ogohlantirishlar berilib, noqonuniy holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Shu taqlid belgilanmagan joyga peshlavha va e’lonlar joylashtirishga urinish, avvalgi holat bo‘yicha o‘zgartirish kuzatilmagan holda qonun normalari asosida ta’sir choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Sherali ISKANDAROV,
viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.