Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daraxtlarga reklama va e’lon taxtachalarini osgan bo‘lsangiz, olib tashlang! Jarimaga tortilasiz

Bugungi kunda Samarqand shahridagi tadbirkorlik sub’yektlari xizmat ko‘rsatuvchilar korxonalar tomonidan daraxtlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama va e’lon taxtachalarini joylashtirish holatlari ko‘plab uchramoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi bilan daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish holatlari uchun fuqarolarga eng kam ish haqining besh barobaridan o‘n barobarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n barobaridan o‘n besh barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha turdagi tadbirkorlik sub’yektlari mutasaddilarining daraxtlarga osib qo‘yilgan reklama va e’lonlarini olib tashlashlarini so‘raymiz.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.