Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daromad va aksiz solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqori qo‘shilgan qiymatli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori (PQ–4587-son, 06.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Samarqand viloyatida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etildi:

- jalb qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari - yuridik shaxslari uchun foyda solig‘i (shu jumladan, to‘lov manbaida ushlab qolinadigan foyda solig‘i) stavkasini hamda O‘zbekiston Respublikasi norezidenti - jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 50 foizga kamaytirish;

- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob- uskunalar, maxsus texnikalar, mashina va mexanizmlar, komplekt buyumlar va uzellar, butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallar, texnologik uskunalar, priborlar, dasturiy ta’minot, texnik hujjatlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini bojxona bojidan ozod qilish hamda ushbu tovarlar uchun aksiz solig‘i stavkasini 50 foizga kamaytirish.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.