Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, IIB hamda Departament xodimlari bilan hamkorlikda Nurobod tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yer sotish jinoyati bilan bog‘liq tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Davlat kadastrlar palatasi Nurobod tuman filiali mutaxasislari, Nurobod tumanida yashovchi “B.A.” va “F.X.”lar mahalliy fuqaroga tuman hududidagi 1 gektar yer maydonining 6 sotix qismiga soxta kadastr xujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Undan 2 million so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.