Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqi miqdori o‘zgardi

“Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilganligi munosabati bilan mazkur hujjatda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va 2019 yil 1 avgustdan ularga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, quyidagilar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi:

- teatrlar, teatr-studiyalari, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;

- muzeylar, muzey qo‘riqxonalar, uy-muzeylar, davlat tarixi va madaniyati muzeylari, kartina va fotogalereyalar, ko‘rgazma faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar;

- ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;

- Madaniyat vazirligining madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;

- zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar.