Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat xizmatlari markazining innovatsion binosi bulung‘urliklar uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi

Bulung‘ur tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Markazning yangi binosi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Elektron navbat tizimi 5 ta monitorda aks etib turadi, 20 ta qabul oynasida ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi. Maskanga tashrif buyuruvchi murojaatchilarning farzandlari uchun maxsus o‘yin maydonchasi ham ajratilgan. Tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi, investorlar xonasi, bank kassasi, fuqarolik pasporti hamda haydovchilik guvohnomasini berish xonalari tashkil etilgan. Kutish zalida mo‘’jaz kitob javoni mavjud bo‘lib, fuqarolar bu yerda jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega.

Bulung‘ur tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida 33862 ta xizmatlar ko‘rsatilgan. 1411 ta tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi 7 ta (3 ta qo‘shma, 4 ta xorijiy) korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan.

Yil yakuniga qadar xuddi shunday zamonaviy ko‘rinishdagi Davlat xizmatlari markazi binolari Payariq, Oqdaryo hamda Urgut tumanlarida ham barpo etish rejalashtirilgan.

Davron JAMOLOV.