Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davron Fayziyev iste’foga chiqish haqida ariza berishini aytdi

Superliganing navbatdagi turida “Buxoro” jamoasi futbolchilarini o‘z maydonida qabul qilgan "Dinamo"chilar o‘z darvozasidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yuborishdi. Tojikistonlik taniqli futbolchi Muhsin Muhammadiyev bosh murabbiyligida to‘p surgan mehmonlar futbolchilarimizni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida mag‘lubiyatga uchratishdi.

O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev iste’foga chiqish haqida ariza berdi.

- Afsuski, murabbiy maydonga o‘zi chiqib, gol ura olmaydi, - deydi  bosh murabbiy. - Futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni bajarishlari lozim. Chempionatning ikkinchi davrasida har o‘yinda mag‘lubiyatga uchrayapmiz. Futbolchilarni ayblay olmayman, bunday ketma-ket mag‘lubiyatlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Ammo, ishonamanki murabbiylar shtabi va jamoa hozirgi vaziyatdan chiqib keta oladi. Mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman.