Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dede Kosvara - "daraxt odam"

Indoneziya qishloqlaridan birida terisida daraxt po‘stlog‘iga o‘xshagan g‘alati o‘smalar o‘sib chiqishi tufayli “Daraxt odam” laqabini olgan yigit yashardi. Xo‘sh, bu dahshatli kasallik nimani ifodalaydi?

Noyob kasalligi tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan Dedening tanasi daraxt po‘stlog‘iga o‘xshash o‘smalar bilan qoplangan. Ushbu o‘smalar haddan tashqari tezlikda, yiliga 6 santimergacha o‘sadi. Uning bu qissasi endigina 14 yoshga kirganida, kunlarning birida u o‘rmonda aylanib yurib, yiqilib, tizzasini jarohatlab olganida boshlandi. Afsuski, shu voqeadan so‘ng bir qarashda tezda bitib ketadigan oddiy arzimas yara o‘smirning tanasida, ayniqsa qo‘l va oyoqlarida qo‘rqinchli o‘smalarni keltirib chiqardi.

Hech kim bu dahshatli kasallikni mag‘lub eta olmadi: 25 yoshga kelib qahramonimiz oilasini ta’minlashi uchun hatto baliq ham ovlay olmaydigan  bo‘lib qoldi.

Самая необычная болезнь в мире : человек-дерево

Xotini ikki bolasini olib Dedani tark etdi. Baxtsiz Kosvaraning pul topishning yagona yo‘li – sirk arenalariga chiqib o‘z tanasini namoyish etishidan boshqa chorasi qolmadi.

"Daraxt odam"ning kasallik tarixi amerikalik shifokorlarni qiziqtirdi. Merilend universiteti doktori Entoni Gaspari ushbu hodisani o‘rganishga qaror qildi. Olim bu kasallikni tibbiyotda shunga o‘xshash Levandovski-Luts epidermodisplaziyasi deb nomlanadigan holat - inson papilloma virusi keltirib chiqarishini, Kosvara kasalligi esa dunyoda eng kam uchraydiganlaridan biri - butun tibbiyot tarixida u 200 dan ortiq odamda qayd etilganligini aniqladi.

2008 yilda Dedening ahvolini sezilarli darajada yengillashtirgan bir necha jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi. 9 oy ichida undan 6 kilogrammdan ortiq o‘sma olib tashlandi va kuchli antivirus terapiyasi tayinlandi. Endi u qo‘llarini ishlatishi va hatto yozishi mumkin edi.

Afsuski, Dedening qissasi yaxshi yakun topmadi. Yiliga uchta operatsiyani boshidan kechirishi kerak bo‘lgan yigitning o‘smalari o‘sishda davom etardi. Barcha urinishlar behuda bo‘ldi va 2016 yilning 30 yanvarida kasalligi kuchaygan "Daraxt odam" 45 yoshida shifoxonalarning birida olamdan o‘tdi.

***

Tahr.: Inson papilloma virusi (IPV) – so‘g‘al va papillomalarni keltirib chiqaradigan viruslar guruhi. Bugungi kunda uning 100 dan ortiq turlari aniqlangan bo‘lib, ularning 80 tasi odamlarga zarar yetkazishi mumkin. Agar biror sabablarga ko‘ra tashuvchining immuniteti zaiflashgan bo‘lsa, IPV faollashadi. Virus ko‘pincha tanaga bolalik davrida jarohatlar va kesilishlar orqali tushadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.