Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dehqon bozorida ayol kishi zargarlik buyumlarni olib qochdi

2020 yilning 9 mart kuni soat 09:00 da Furqat tumani, Navbahor shaharchasi hududidagi dehqon bozorida 35 yoshli A.D., 29 yoshli G.B.ga nisbatan kuch ishlatish bilan qo‘rqitib, umumiy qiymati 9.072.000 so‘mlik qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.