Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat anketasi. Muammo hal bo‘lmaguncha mutasaddilarni tinch qo‘ymaymiz

1. Saylov okrugingizda 2020 yilda qanday loyihalar rejalashtirilgan? Ular ijrosiga kirishilganmi?

- 3-So‘zangoron saylov okrugi 24 ta mahallani o‘z ichiga olib, mazkur mahallalardagi 8084 ta xonadonda 15 ming 755 ta oila va 59 ming 336 nafar aholi istiqomat qiladi.
Joriy yilda okrug hududidagi 65-umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash hamda Samarqand shahridagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

2. Deputat sifatida bevosita o‘zingiz saylangan saylov okrugida mahalla yoki mehnat jamoasida qanday tadbir o‘tkazdingiz?
- Aholi bilan doimiy aloqa o‘rnatish, muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish maqsadida okrugdagi har bitta mahalla fuqarolar yig‘iniga telefon raqamlarim berilgan. Shuningdek fuqarolarni doimiy qabul qilish maqsadida Samarqand shahar U.Jo‘raqulov ko‘chasi, 166-A uy manzilidagi “Samarkand Apparel” xorijiy korxonasida deputat qabulxonasi va qabul qutilari tashkil etilgan.

Okrugimdagi aholi muammolarini o‘rganish va ularni samarali hal etish maqsadida 4 marta uchrashuv tashkil etdim. Mazkur uchrashuvlarda Davlatshoh Samarqandiy, Sarbon, Bog‘i Firuza va Abdurahmon Jomiy mahallalari faollari va aholisi tomonidan 30 dan ortiq muammolar ko‘tarildi. Murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlarga 11 ta deputatlik so‘rovi yuborildi.

3.Siz tomoningizdan yuborilgan oxirgi deputatlik so‘rovining mazmuni va natijasini sharhlang.
- Saylovchilar bilang muloqotlarda Davlatshoh Samarqandiy ko‘chasining 321 metr va Minskaya ko‘chasining 300 metr qismiga 2019 yilda dastur asosida shag‘al yotqizilgan, tekislangan, biroq asfaltlash yakuniga yetkazilmagan. Bu borada mahallaning 2019 yil 10 martdagi xati asosida viloyat uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga murojaat qilingan. Murojaatga 2019 yil dekabr oyida “Dilnoza Kapital Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2020 yil yanvarga qadar asfalt ishlarini yakuniga yetkazish vada qilingan.

Biroq fevral oyida ham ishlar boshlanmaganligining guvohi bo‘ldik. Mazkur masalada Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Berilgan javobga ko‘ra, qayd etilgan yo‘lni joriy ta’mirlash ishlari mart oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Aziz AXROROV,
3-So‘zangaron saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati.