Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Doiralar “zarb”i dillarga zavq ulashdi

Samarqand viloyat musiqali drama teatri “Zarafshon” yosh doirachilar to‘garagi tashkil topganiga 40 yil hamda shu to‘garak asoschisi Baxtiyor Jobirov tavalludiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda to‘garak a’zolari, ularning ota-onalari, taniqli doirachilar, ustoz san’atkorlar ishtirok etdi. Konsert dasturida 120 nafar doirachilar ishtirok etdi.

– To‘garagimiz ko‘p yillardan beri turli festivallarda, “Zarb” respublika ko‘rik tanlovida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda, - deydi to‘garak rahbari Jamol Ibragimov. - Biz ushbu festivallarda “Navro‘z”, “Yoshlik”, “Tantana” singari doira ijro usullarini namoyish etib kelyapmiz. Bugungi tadbir ustoz, B.Jobirovning xotirasini yodga olish, yosh doirachilarimizni qo‘llab-quvvatlash, kelajak avlodning san’atga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida tashkil etildi.

To‘lqin SIDDIQOV.