Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dollar kursi bu hafta ham ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zbek so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning 25 iyun kunidan boshlab amal qiladigan yangi kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8562.34 so‘m qilib belgilandi va o‘tgan haftadagi narxga nisbatan 26.60 so‘mga qimmatladi.

Yevro va rubl narxida ham so‘mga nisbatan o‘sish kuzatildi: yevro 9731.96 so‘m (+165.96), rubl 135.34 (+2.77).

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.