Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

"Navro‘z Siz va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navro‘z tinchlik va yangilanish ramzi bo‘lmish o‘ziga xos bayramdir. Ushbu ayyom, ayniqsa, joriy yilda katta ahamiyatga ega. Chunki mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi ro‘yobga chiqayotganini ko‘rish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yo‘ldan harakat qilar ekansiz, Qo‘shma Shtatlar Siz va O‘zbekiston xalqining qat’iy va o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi".