Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Do‘stlik uyi"da do‘stlar birlashdi

Samarqand shahridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va "Do‘stlik uyi"da davlat organlari, jamoat birlashmalari, milliy madaniy markazlar hamda din vakillari, shuningdek, shu sohada samarali mehnat qilgan bir guruh xodimlarga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Esdalik nishonlarni o‘z egalariga viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov topshirib, bayram bilan tabrikladi va kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi.

–   Bunday e’tibor biz kabi yoshlarni yanada ruhlantirish barobarida tinimsiz samarali ishlashga undaydi, – deydi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosatsiyasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Shoim Kenjayev. – Kelgusida Vatanimiz, xalqimiz oldida bundan-da tinimsiz mehnat qilishga doim tayyormiz.