Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

DTM umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlarini nashr etdi

Davlat test markazi hamda «Davr press» nashriyot-matbaa uyining qo‘shma loyihasi asosida barcha umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari tayyorlandi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.

To‘plamdan 2019 yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Joriy yilning 1 noyabridan ona tili va adabiyot, matematika, fizika fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari sotuvga chiqariladi.

Boshqa umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlarini esa bosqichma-bosqich noyabr oyi yakuniga qadar sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Test topshiriqlari mazmuni bo‘yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.