Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoda qancha odamning internetga ulanishga imkoniyati bor? Necha foiz odam to‘yib ovqatlanmaydi?

Yer yuzi aholisi (taxminan 7,8 milliard kishi)ning 12 foizi xitoy tilida,5 foizi ispan, 5 foizi ingliz, 3 foizi arab, 3 foizi hind, 3 foizi bengal, 3 foizi portugal, 2 foizi rus tilida, qolgan 62 foizi o‘z tilida gaplashadi.

Odamlarning 21 foizi keragidan ortiqcha ovqatlanadi;
63 foizi istaganicha yeyishi mumkin;
15 foizi to‘yib ovqatlanmaydi.
48 foiz kishilarning kundalik yashash qiymati 2 AQSh dollarni tashkil etadi.

87 foiz odamlarda toza ichimlik suvi ichish imkoni bor;
13 foizida toza ichimlik suvi yo‘q yoki ifloslangan suv manbaiga ega.

75 foiz odamlarning mobil telefonlari bor;
25 foizida yo‘q.
30 foiz odam internetga kirish imkoniga ega;
70 foizida internetga kirish uchun sharoitlar mavjud emas.

33 foizi nasroniy;
22 foizi musulmon;
14 foizi hindu;
7 foizi buddoyi;
12 foizi boshqa dinga mansub.
12 foizi esa diniy e’tiqodga ega emas.

26 foiz kishi 14 yildan kam yashaydi;
66 foizi 64 yoshgacha yashaydi;
8 foizi 65 yoshdan oshgan.