Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng serfarzand oilalar

Farzand – hayotning eng katta boyligi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi qahramonlarimizni eng badavlat insonlar, deb atasak bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda serfarzandlik juda kam uchraydigan holatga aylanib ulgurdi. Ota-onalar bir yoki ikki nafar farzand bilan chegaralanayotgan bir vaqtda nafaqat serfarzand, balki o‘ta serfarzand oilalar ham uchrab turar ekan. Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan qahramonlarimiz besh yoki olti nafar farzand bilan chegaralanmagan.

Yanlar oilasi (Shotlandiya)

Семья Ян из Шотландии

Shotlandiyalik Emmi va Roy Yanlar oilasida 13 nafar farzand voyaga yetmoqda. Farzandlarning kenjasi to‘rt yoshga to‘lgan bo‘lsa, oilaning katta farzandi allaqachon balog‘at yoshiga yetgan - uning yoshi 27 da. Emmi va Roy turmush qurganlaridan so‘ng farzand ko‘rish masalasini to‘liq tabiat ihtiyoriga ishonib topshirdilar. Roy shifokor bo‘lib ishlaydi, Emma farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Bonellar oilasi (Avstraliya)

Семья Бонелл из Австралии

Jeni va Ray Bonellar oilasi “yashil qit’adagi” eng katta oila hisoblanadi. Ular 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar farzandning ota-onasi. Oilaning katta farzandlari Jeni va Rayga nabiralar hadya etishga ham ulgurishgan. Bonellar bor yo‘g‘i to‘rt xonali, bitta yuvinish xonasi va bir nafar hojatxonasi bor uyda yashaydi. Ikki yil ilgari Jenida saraton aniqlandi, biroq Jeni saratonni yengishda o‘zida kuch topa oldi.

Redfordlar oilasi (Buyuk Britaniya)

Семья Рэдфорд

Noel va Syu bir-biri bilan bolalikdan do‘st bo‘lishgan. Sekin-asta do‘stlik muhabbatga aylanib, ular uchrasha boshladi. Ularning birinchi farzandi dunyoga kelganida Noel 18 yoshda, yosh ona Syu 14 yoshda edi. Ikkala sevishgan ham asrandi bo‘lganlari uchun chaqaloqni bolalar uyiga topshirishdan bosh tortishdi.

Bir yil ilgari Noel va Syu oilasida 21-farzand dunyoga keldi. Bundan tashqari, ayni vaqtda Syu 22-farzandiga homilador. O‘lkan oilaning bir necha daromad manbalari mavjud. Ular oilaviy tadbirkorlik bilan birga, televideniyeda oilaviy shou olib boradi.

Shishkinlar oilasi (Rossiya)

Шишкины

Rossiyadagi eng serfarzand oila Voronej shahrida istiqomat qiladi. Aleksandr Shishkin va Yelena Shishkinalar 20 nafar farzandning ota-onasi. Sasha va Yelena turmush qurganlaridan so‘ng shifokorlar ularning farzand ko‘ra olishlariga shubha qilishgan. Biroq sevishganlar 9 nafar o‘g‘il va 11 nafar qizni ustirib voyaga yetkazdi. Ularning eng katta farzandi 41 yoshda va uning o‘zini 5 nafar farzandi bor. Bugungi kunda, Sasha va Yelenaning faqat ikki nafar kichik qizi ular bilan birga istiqomat qiladi. Bir yil ilgari Shishkinlar oilasida 51-nabira dunyoga keldi.

Namenilar oilasi (Ukraina)

Намени

Ukrainaning Chernovitskoy viloyati, Ostritsa qishlog‘ida yashovchi Yanush va Leonora 21 nafar farzandning ota-onasi – 11 nafar o‘g‘il va 10 nafar qiz. E’tiqodli bo‘lgan Namenilar oilasi farzandlariga faqatgina muqaddas kitoblarda qayd etilgan ismlarni quyishadi. Yanush va Leonoraning katta farzandlari o‘zlari ham oila qurishgan va ularga nabiralar tuhfa etishgan. Oilaning kichik a’zolari uchun yettita xona ajratilgan. Yanush va Leonoraning o‘zlari ham ko‘p farzandli oilalarda katta bo‘lganlar. Yanushning 16 ta aka-uka va opa-singillari bor. Leonora 14 farzandli olilada ulg‘aygan.

Beytslar oilasi (AQSh)

Семья Бейтс из США

AQShning Tennessi shtatida istiqomat qiluvchi mazkur oilaning 19 nafar farzandi bor. Gil va Kelli bundan 32 yil ilgari turmush qurgan. O‘shanda 20 va 21 yoshda bo‘lgan yoshlar, dastlab ko‘p farzand ko‘rishni rejalashtirmagan. Ammo birinchi farzand dunyoga kelganidan so‘ng ularning rejalari o‘zgargan. Juftlikning eng kichik farzandi 2012 yilda dunyoga keldi. Ayni vaqtda ular 10 nafar nabiraning buvisi va bobosi hisoblanishadi. Bundan tashqari, nabiralar soni yana to‘rttaga ko‘payishi kutilmoqda. Beytslar oilasi shaxsiy oilaviy shou tufayli mo‘maygina daromad oladi.

Xonlar oilasi (Hindiston)

Семья Хан из Индии

Ro‘yxatimizning mutlaq g‘olibi Sion Xon. Uning naslini 94 nafar farzand davom ettiradi. Xonga 94 farzandni uning 39 rafiqasi hadya etgan. Serfarzand otaning uyi katta mehmonxonaga o‘xshaydi. Uyda yuzdan ortiq xona mavjud. Xonlar oilasi har kuni 40 kilogramm guruch va 27 kilogramm kartoshka iste’mol qiladi. O‘lkan oilani ta’minlash uchun Xon fermer xo‘jaligi tashkil etgan. U yerda qora mol, poliz ekinlari, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Xonlar oilasida yollanma ishchiga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Ko‘p sonli oila a’zolari bir tanu bir jon bo‘lib, fermada mehnat qiladi.

Bekzod MUSURMONOV tarjimasi.