Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng toza mamlakatlar o‘ntaligi

Tozalik – salomatlik garovi. Shuning uchun ham dunyoning ayrim mamlakatlarida hatto muzqaymoq o‘rami yoki qog‘ozni belgilanmagan joyga tashlab yuborgan odamlarga jarima solinadigan tizim joriy qilinganki, buning natijasida chiqindi muammosi hal etilgan.
Quyida sayyoramizda tozalik darajasi bo‘yicha boshqalarga qaraganda toza va odamlarga xush keladigan davlatlar o‘ntaligiga nazar tashlaymiz.

10. Norvegiya

Ushbu mamlakat butun dunyoga o‘zining qudratli iqtisodiy tizimi bilan tanilgan. Atrof-muhitga bunday hurmatli munosabat va chiqindilarga qarshi kurashning sababi odamlarning do‘stona birdamligida. Olimlar hatto ushbu tozalik sabablaridan birini sovuq iqlimga yo‘ymoqda: agar qishda chiqindi qorga tashlanib, bahorda qor eriy boshlanganda ham u buzilmaydi, negaki suv bilan birga butun shahar bo‘ylab tarqalishiga yo‘l qo‘ymasdan boshqa fuqarolar tomonidan darhol yig‘ib olinadi.

9. Shvetsiya

Shvetsiyaning toza ekologiyasi Norvegiyadagi kabi o‘zaro bog‘liqliklardan kelib chiqadi, yana bir usul – ishlab chiqarishning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha (konlar, fabrikalar) kiritilgan ulkan sarmoyalar. Bu yerda korxona rahbarlari tozalovchi filtlar, yangi tozalovchi uskunalar va hokazolarni sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashga majburdirlar.

8. Avstriya

Avstriya dunyodagi nafaqat eng toza davlat, balki uzoq va sog‘lom hayot kechirish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu davlat juda tinch va jinoyatchilik minimal darajada tushirilgan. Atrof-muhit tozaligining asosiy sababi yirik korxonalarning yo‘qligi va davlat hududini tog‘lar va o‘rmonlar o‘rab olganligidadir.

7. Ispaniya

Ispaniya – dunyodagi yana bir toza mamlakat. Ispaniyada har kim o‘zi uchun xotirjam muhitni topadi. Ushbu davlat eng rivojlangan va hayotning har bir sohasida katta taraqqiyotga ega tizim hisoblanganligi sababli poklikni saqlashga majbur. Shuningdek, tozalik sayyohlar tashrifining kafolati bo‘lib, ularga ziyorat qilish uchun zamin yaratadi.

6. Germaniya

Germaniya birinchi o‘rinni egallashi mumkin, chunki bu qat’iy ekologik qoidalarga ega mamlakat. Dunyodagi eng rivojlangan davlatlaridan biri Germaniyada aholi uchun barcha qulayliklar mavjud qilingan bo‘lsa-da, yirik sanoat korxonalari va yo‘llardagi avtomobillarning ko‘pligi atrof-muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazishi sezilib turadi.
Shunga qaramay, har yili ko‘p sonli odamlar Germaniyaga sayyoh sifatida nemislarning turmush tarzidan bahramand bo‘lish va bir necha kunni tinch muhitda o‘tkazish uchun bu yerga kelishadi.

5. Chexiya

Bu haqiqatan ham ko‘zni quvontiradigan darajadagi toza mamlakat. Bu haqda nafaqat mahalliy aholi, balki mehmonlar ham o‘z munosabatini bildiradi. Tinch hayot tarzi va mentalitet chexlarning o‘z shaharlari ko‘chalaridagi tozalikni saqlash kafolatidir.

4. Singapur

Singapur nafaqat chiroyli osmono‘par binolari, diqqatga sazovor joylari, balki butun mamlakat bo‘ylab toza havo va ko‘chalari tufayli sayyohlar uchun jannat makonidir. E’tiborli tomoni, texnologik taraqqiyotda Singapur Germaniyadan qolishmaydi va bu Osiyo mamlakatida atrof-muhitning ifloslanish darajasi ancha past.

3. Avstraliya

Avstraliya dunyodagi eng yaxshi iqlim sharoitiga ega bo‘lgan yashil qit’a. Ta’kidlash joizki, Avstraliya dunyoning eng boy mamlakatlari reytingida ancha yuqori pog‘onalarni egallaydi va bundan xulosa qilish mumkinki, hukumat atrof-muhitni yaxshi holatda saqlash uchun mablag‘ ayamaslini aniq.

2. Lyuksemburg

Mitti Lyuksemburg o‘rmonlar bilan o‘ralgan juda foydali geografik o‘rinda joylashgan. Ushbu davlatdagi aholi boshqa mamlakatlar shaharlariga qaraganda juda kam. Shu sababli bo‘lsa kerak, u yerda hech kim chiqindi tashlamaydi. Sayyohlar shuningdek, Lyuksemburgdagi suv omborlari va havoning qanchalik toza ekanligini e’tirof etib kelmoqda.

1. Shveysariya



Shubhasiz, yetakchi va dunyodagi eng toza mamlakat bu – Shveysariya. Buni mamlakatga har yili atmosferasi va ekologiyasi tozaligidan bahramand bo‘lish uchun eng ko‘p sayyoh tashrif buyurishi tasdiqlaydi. Ajablanarlisi, toza muhit sog‘lom va tinch hayotni ta’minlaydi va bu shveysariyaliklarning o‘rtacha umr ko‘rishlari davomiyligi bilan tasdiqlanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.