Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng uzun ko‘priklar

Og‘irligi minglab tonna bo‘lgan bu metall konstruksiyalar zilzilalar, toshqin va bo‘ronlar kabi tabiiy ofatlar paytida ham bir xil turadi. Ko‘priklar odamlarga ko‘llar va daryolar kabi ko‘plab tabiiy to‘siqlarni kesib o‘tishga imkon beradi, ular zamonaviy temir yo‘l tashuvlarining ajralmas qismidir.

Bugun dunyodagi eng uzun ko‘priklar bilan tanishamiz.

Xanchjouvan ko‘rfazi ustidagi ko‘prik – 35,6 km.

Bu Xitoyning Chjeszyan proinsiyasidagi Szyasin shahar tumanidan Ninbo shahrigacha bo‘lgan arqonli ko‘prik. Bu ulug‘vor tuzilmani yaratish va loyihalashga qariyb o‘n yil va 600 nafar mutaxassis kerak bo‘lgan. Ko‘prikning bir nechta qismlari quruqlikda yaratilib, keyin tegishli hududga olib kelib o‘rnatilgan.

Ko‘prik markazida do‘konlar, avtoturargoh, restoran va mehmonxonadan iborat “Dengiz va osmon o‘rtasidagi makon” nomli 10 ming kvadrat metrli markaz sayohatchilarga xizmat ko‘rsatadi.

 Yansun ko‘prigi – 35,8 km

Pekin – Tyanszin temir yo‘lining bir qismi sifatida qurilgan ushbu estakadali ko‘prik soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanadigan tezyurar poyezdlar uchun qurilgan.

Ponchartreyn ko‘li ustidagi to‘g‘on ko‘prik  – 38,4 km

Amerikaning Luiziana shtatidagi to‘qqiz ming beton qoziq bilan mustahkamlangan  bu ko‘tarma ko‘prik Ponchartreyn  ko‘lini ikkiga bo‘lib, suv ustida eng uzoq davom etadigan avtosayohat nomini olgan.

Bang Na magistrali– 54 km

Olti qatorli ko‘prik Tailand poytati Bankokda joylashgan. Qurilishiga 1 800 000 kub metr beton, besh yillik mehnat va milliard dollar mablag‘ sarflangan magistral 2000 yilda qurib bitkazildi.

Tyanzin ko‘prigi – 113,7 km

Lanfan okrugi va Sinsyan uyezdlari o‘rtasida joylashgan dunyodagi uchinchi eng uzun teshik ko‘prik Pekin-Shanxay tezyurar temir yo‘lining bir qismidir.

Chjanxua-Gaosyun Viaduki - 157,3 km

Dunyodagi suv ustidagi eng uzun ko‘priklardan yana biri. Chjanxua-Gaosyun Tayvan tezyurar temir yo‘l tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, har oy 200 milliondan ortiq yo‘lovchini manziliga yetkazadi.

Danyan-Kunshan teshik ko‘prigi – 164,8 km

Xitoy yirik va qimmat ko‘priklar qurayotgan yagona davlat emas. Lekin aynan shu yerda dunyodagi suv ustidagi eng uzun uchta ko‘prik qurilgan. Ulardan eng uzuni Shanxayni Nankin shahri bilan bog‘lovchi Danyan-Kunshan inshooti Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan.

9500 ta beton qoziq bilan mustahkamlangan ko‘prik 2011 yilda ochilgan. Turli manbalarga ko‘ra  bu qurilishda 8,5 dan 10 milliard dollar sarflanib, 10 ming kishi jalb qilingan.

Danyan-Kunshan daryolar, kanallar, jarliklar va soylar, tekisliklar va adirlar, ko‘llar va sholizorlarni kesib o‘tishi bilan o‘ziga xosdir. Daryo tekisligidagi yerlarning katta qismi qattiq jinslar emas, balki yumshoq tuproqlardan iborat. Shu sababli quruvchilar oldiga ko‘prikni universal va iloji boricha barqaror qilib qurish vazifasi qo‘yilgan edi. Loyihalovchilar ko‘prikka zarur bo‘lgan moslashuvchanlikni beradigan ko‘plab kichik oraliqlardan iborat - viaduk shaklini qurishga qaror qilishdi. Shu bilan birga ko‘p sonli kichik oraliqlar bir necha juda uzunlariga qaraganda ko‘prikning butun uzunligi davomida o‘ta mustahkam bo‘lib qolishini ta’minlaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.