Dunyoning qaysi shaharlarida eng ko‘p milliarderlar yashaydi?
Bu masalada AQShning Nyu-York shahri birinchi o‘rinni egallab turadi – u yerda 109 ta milliarder istiqomat qiladi.
Bu yetakchilik o‘n yillik moliyaviy peshqadamlik, kuchli global kapital oqimlari va investitsion kompaniyalarining zichlashuvi, ko‘chmas mulk sohasidagi boylik va yirik korporatsiyalar shtab-kvartirasi joylashuvi natijasidir. Boshqa hech bir shahar milliarderlarning bunday ko‘pligi bilan maqtana olmaydi, deb yozadi Forbes.
Ikkinchi o‘rinni egallab turgan Gonkong 30 nafar kam milliarderlari bilan ortda qoldi, bu esa Nyu-Yorkni investitsiyalar, innovatsiyalar, savdo, ommaviy axborot vositalari va san’at sohalari uchun dunyodagi yetakchi markazga aylantirib, misli ko‘rilmagan kapital va imkoniyatlar yaratadi hamda shahar boylik ekotizimining o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.
Uchinchi o‘rinni egallab turgan Moskva shahrida 73 milliarder yashaydi.
Naked Science nashri ma’lumotlariga ko‘ra, reytingning salmoqli qismini Osiyo shaharlari tashkil etadi. Gonkong, Mumbay, Pekin, Shanxay, Singapur va Shenchjen viloyatlari kuchli o‘ntalikka kirgan. Birgina Xitoyning o‘zi Pekin, Shanxay, Shenchjen, Xanchjou va Guanchjou kabi bir nechta shaharlar bilan ifodalangan.
Hindiston ham boshqa mamlakatlardan ajralib turadi: Mumbay va Dehli mamlakatdagi milliarderlar sinfining tez o‘sishini aks ettirmoqda. Ushbu shaharlar tez iqtisodiy o‘sish, yirik ichki bozorlar, texnologiya va ishlab chiqarish tarmoqlaridagi kuchli pozitsiyalardan foyda ko‘radi.
Osiyo yuksalib borishiga qaramay, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi an’anaviy boylik markazlari raqobatbardoshligini yo‘qotganicha yo‘q. London, Parij va Milan megapolislari juda boy odamlarning sezilarli darajadagi to‘planish joyi bo‘lib qolishda davom etmoqda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.