Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlatlari haqida bilasizmi?

  1. Fransiya

Bu mamlakatga 2018 yilda 86.9 million sayyoh kelgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat yalpi ichki mahsuloti (keyingi o‘rinlarda YaIM) hajmining 9% tashkil etadi.

Bu mamlakatda sayyohlik sohasida bugun 3 million kishi mehnat qilmoqda. Mamlakatdagi ob’yektlar bo‘yicha eng ko‘p sayyoh Eyfel minorasiga tashrif buyuradi.

  1. Ispaniya

Bu mamlakatga 2018 yilda 81.8 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik sohasidan keladigan foyda mamlakat YaIM hajmining 14.4% tashkil etadi.

Mamlakatda Barselona va Madrid shaharlari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlar hisoblanadi.

  1. AQSh

Bu mamlakatga 2018 yilda 76.9 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlarni ko‘proq Las Vegas, Nyu-York shaharlari, Gavay orollaridagi dam olish maskanlari jalb etadi.

  1. Xitoy

Bu mamlakatga 2018 yilda 60.7 million sayyoh tashrif buyurgan.

Mamlakatda sayyohlarni eng ko‘p jalb qilgan ob’yekt – Buyuk Xitoy devoridir.

  1. Italiya

Bu mamlakatga 2018 yilda 58.3 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan olingan foyda mamlakat YaIM hajmining 11% ni tashkil etadi.

Sayyohlarni ko‘proq Rim, Milan, Venetsiya shaharlari jalb qilgan.

  1. Meksika

2018 yilda bu mamlakatga 39.3 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlarning asosiy qismi AQShlik va kanadalik sayyohlardir.

  1. Buyuk Britaniya

2018 yilda bu mamlakatga 37.7 million sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat YaIM hajmining 9% ni tashkil etadi. Mamlakatda 3 million kishi sayyohlik tizimida ishlaydi.

Bu mamlakatda sayyohlarni ko‘proq jalb qiladigan joy – London shahridir.

  1. Turkiya

2018 yilda bu mamlakatga 37.6 million kishi tashrif buyurgan.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat YaIM hajmining 12% ni tashkil etadi.

  1. Germaniya

2018 yilda bu mamlakatga 37.5 million sayyohlar kelgan.

Sayyohlarni eng ko‘p jalb etgan joy  Berlin shahridir.

  1. Tayland

2018 yilda bu mamlakatga 35.4 million sayyoh keldi.

Sayyohlik tizimidan keladigan foyda mamlakat YaIM hajmining 15-20% ni tashkil etadi. Sayyohlar mamlakatga ko‘proq dengiz pyajlarida dam olish va Taylandning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy binolari va osori atiqalarini tomosha qilish uchun kelishadi.

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.