Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ekaterinburgdagi avtohalokatda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etgan

1 dekabr kuni Yekaterinburgda (Rossiya) bir guruh o‘zbekistonliklar mingan “Volkswagen Polo” rusumli yengil avtomashina yo‘lning muzlagan qismida avtohalokatga uchradi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, buning oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik - 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo‘lgan.
Besh kishi og‘ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-kasalxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o‘ta og‘ir ahvolga tushgan mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarini bajarmoqda.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo‘lib turibdi.