Elektr ta’minotidagi qarzdorliklarni manfaat evaziga yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi xodimi ushlandi
- 27.10.2023 13:59
- 233
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi texnigi O.T. fuqaro T.V.ning xonadonida o‘rnatilgan elektr hisoblagich ro‘yxatdan o‘tmaganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma hamda elektr ta’minotidan 6,1 mln. so‘mlik qarzdorligini yo‘q qilib, yangi hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 5 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
G‘azo sektori Falastin ma’muriyatiga topshiriladi
- 1 soat avval
- Xorij
«Okaxonning komandasi». Hajviya
- Kecha, 14:30
- Mutolaa
Ibratli hikoya: Oyoq ostidagi baxt va baxtsizlik
- 16/02, 10:11
- Mutolaa