Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

E’LON: TABIIY GAZ ISTE’MOLChILARI DIQQATIGA!

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi. Gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish turli noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, uskunalardan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz:

- qo‘lbola, nostandart gaz uskunalaridan foydalanib, o‘zingiz va oilangiz sog‘ligini xatarga qo‘ymang;

- tabiiy gaz va gaz ballonlariga ulanishda rezina shlanglardan foydalanmang;

- tabiiy gaz tarmoqdan o‘chirilganda barcha gaz uskunalari jo‘mraklarini berkiting;

- o‘zboshimchalik bilan xonaga suv isitish va shunga o‘xshash moslamalar o‘rnatmang, mavjud gaz uskunalarining o‘rnini o‘zgartirmang;

- gaz uskunalari tutun yo‘li (dudbo‘ron)ni to‘sib qo‘ymang;

- gaz plitasidan xonani isitish maqsadida foydalanmang;

- gaz uskunalarini yoniq holda qarovsiz qoldirmang;

- voyaga yetmagan farzandlaringizning gazdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang.

- kuz-qish mavsumida isitish qozonlari, pechlardan foydalanishdan oldin mo‘rilarni tozalang.

- me’yoridan ortiq to‘ldirilgan gaz ballonlarini xonaga olib kirmang va gaz plitasiga ulamang;

- har xil yasama so‘rg‘ichlardan (motorlardan) foydalanmang.

Xonada gaz hidi sezilganda:

- gaz uskunasi jo‘mragini berkiting;

- deraza va eshikni ochib, xonani shamollating;

- agar xonada gazdan zaharlangan kishi bo‘lsa zudlik bilan toza havoga olib chiqing;

- tezda avariya-navbatchilik 104

  qismiga qo‘ng‘iroq qiling.

Gaz chiqishi bartaraf qilinguncha quyidagilar man etiladi:

- elektr asboblaridan foydalanish;

- elektr uskunalarni yoqib-o‘chirish;

- gugurt yoki uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanish;

- gaz sizib chiqayotgan joyni olov yordamida aniqlash.

Gaz uskunalaridan bexatar foydalanish va ularni normal ish holatida saqlash xonadon egalari zimmasiga yuklatilgan. O‘zingiz va oilangiz sog‘ligini asrash, turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun xonadoningizdagi mavjud gaz asboblarini yilda bir marta gaz idorasi xavfsizlik inspektorlari ko‘rigidan o‘tkazing.

Gazdan tejab-tergab foydalaning! To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

 SAMARQAND HUDUDIY GAZ TA’MINOTIMChJ MA’MURIYaTI.