Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi paxtachilik hamshiralar masofadan turib kasb malakasini oshiradi

Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalarining o‘rta tibbiy xodimlari masofadan innovatsion o‘qitilib, kasb mahoratlarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Bu haqda tumandagi Dehqonobod qishloq oilaviy poliklinikasida O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish markazi viloyat filiali vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda aytildi.

- Zamonaviy tibbiyotdagi sodir bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklar, kashfiyot va o‘zgarishlardan sohada mehnat qilayotgan barcha tibbiy xodimlar xabardor bo‘lishlari lozim, - deydi O‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish markazi viloyat filiali direktori Hasan Egamov. – Shuningdek, ular tizimdagi islohotlar, amalga kiritilayotgan yangi tartib-qoidalar bilan tanishish barobarida o‘z kasbiy tajribalarini ham oshirib borishadi. Paxtachi - viloyatimizning eng chekka tumanlaridan bo‘lgani sababli hamshiralarning viloyat markaziga borib bir oy davomida o‘qib, malakalarini oshirishlari ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shuni e’tiborga olib ular uchun masofadan turib innovatsion o‘qishni tashkil qilishni rejalashtirganmiz.

Paxtachilik hamshiralar may oyidan boshlab masofadan o‘z malakasini oshirishlari mumkin.    

Dilmurod TO‘XTAYEV.