Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi uy olmoqchi bo‘lganlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

2020 yilda qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli arzon uy-joylarni fuqarolarga biriktirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimligi huzurida "samshuj.uz" veb-sayti ishga tushdi.

Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu veb-sayt orqali fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari hamda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.