Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng o‘qimishli mamlakatlar o‘ntaligi

Bunday mamlakatlar o‘ntaligiga o‘z aholisi uchun oliy ma’lumot to‘liq bepul yoki faqat pullik bo‘lgan davlatlar kiradi.

Ajablanarlisi, ba’zi oliy ma’lumot olish nafaqat pullik, balki juda qimmat bo‘lgan mamlakatlardagi o‘qimishli aholining ulushi oliy ma’lumot olish bepul bo‘lgan mamlakatlarga qaraganda ko‘proq.

 Dunyodagi eng o‘qimishli mamlakat uchta bo‘lib, ularda aholining 50 foizidan ortig‘i oliy ma’lumotga ega.

Bular - Isroil, Yaponiya va Kanada. Aytib o‘tish joizki, bu mamlakatlarda o‘qish pullik va juda qimmat.

 Janubiy Koreya

Mamlakat aholisining 46,9 foizi oliy ma’lumotli.

 Buyuk Britaniya

Mahalliy aholining 46 foizi oliy ma’lumotga ega.

 AQSh

Oliy ma’lumotga aholining 45,7 foizi ega. Bu yerda ham o‘qish pullik va qimmat. Dunyoning eng yaxshi o‘nta oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiradigan sakkizta universitet ham Amerikada joylashgan.

 Avstraliya

Mamlakat aholisining 44 foizi oliy ma’lumotga ega. Avstraliyadagi universitetlar yuqori reytingga ega. Dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan yuzta oliy o‘quv yurt ro‘yxati mavjud bo‘lib, ushbu yuztalikdan Avstraliyaning yettita universiteti joy olgan.

 Finlandiya

Hozirda ushbu mamlakat aholisining 44 foizi oliy ma’lumotli. Bu har doim ham shunday bo‘lmagan, ma’lumotli aholining ulushi sezilarli darajada past bo‘lgan davrlar ham bo‘lgan.

 Norvegiya

Aholining 43 foizi oliy ma’lumotga ega. Mamlakat aksariyat aholining oliy ma’lumotli bo‘lishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Norvegiyadagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish bepul. Bundan tashqari, ba’zi chet elliklar bu yerdagi OTMlarda bepul o‘qishlari mumkin.

 Lyuksemburg

Norvegiyada bo‘lgani kabi bu yerda ham aholining deyarli 43 foizi oliy ma’lumotga ega. Mamlakat juda kichkina va unda bitta universitet bo‘lganligi sababli, uning aksariyat aholisi qo‘shni mamlakatlarga o‘qishga boradi.

 Rossiya

Rossiya reytingning 15-pog‘onasida joylashgan. Bu yaxshi natija emas albatta, biroq, agar dunyoda 250 dan ortiq davlat bor deb hisoblasak, bu mamlakat yomon o‘rinni egallamaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.