Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng qisqa urush qachon, qayerda bo‘lgan?

🔹 AQShda 1913 yilgacha ota-onalar bolalarini pochta xizmati orqali buvisinikiga yuborishlari mumkin edi.

 🔹 "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kiritilgan eng qisqa urush 1896 yil 27 avgustda Buyuk Bitaniya va Zanzibar Sultonligi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Bu urush... 38 daqiqa davom etgan.

🔹 Bir kishi o‘rtacha hayotining ikki haftasini svetofor chirog‘ining yashil yonishini kutish bilan o‘tkazadi.

 🔹 Gippopotam suti pushti rangga ega.

 🔹 Sovuq mavsumda inson tirnoqlari ikki marta tezroq o‘sadi.

🔹 Olma pyuresi kosmonavtlar tomonidan kosmosda iste’mol qilingan birinchi taom edi.

🔹  Gigant pandalar kuniga taxminan 28 funt bambuk iste’mol qiladi – bir yilga bu 5 tonnadan ortiq bambuk degani.

🔹  Yeryong‘oq - dinamit tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi.

🔹 Mushuklar shirin narsani tatib ko‘rishga qodir emas.

🔹 Kengurular orqaga qarab yura olmaydi.

🔹Dengiz mushuklari ritmni his qilishi mumkin. Ular zarb bilan qarsak chaladigan yagona hayvonlardir.

 🔹 Uxlayotganingizda siz hidlarni his qila olmaysiz – hatto yoqimsiz hidlarni ham.

🔹 O‘rdaklardan qo‘rqish – anatidayefobiya deb ataladi.

🔹 Echkilarning ko‘z qorachig‘i to‘g‘riburchakli.

 🔹 Qushlar kosmosda yashay olmaydi – ularga yutish uchun tortishish kuchi kerak.

Bahora tayyorladi.