Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkin Komilov Kattaqo‘rg‘on drama teatri bilan ijodiy hamkorlik qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov va aktrisa Nigina Anorboyevalar hamda teatr ijodiy xodimlari ishtirokida "Mahorat darsi" tashkil etildi.

Uchrashuvda poytaxtlik ijodkorlar sahna hayoti, teatrda rol ijro etish va sahna orti mashaqqatlari, obrazga kirish, ustozlardan olingan saboqlar va erishgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida teatr direktori B.Tugalov tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov va aktrisa Nigina Anorboyevalarning Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyorlari bilan hamkorlikda spektakl sahnalashtirish taklifi berildi.

 Ushbu taklif Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining 100 yillik yubileyiga hamda viloyatdagi teatr ixlosmandlari uchun ajoyib tuhfa bo‘lishi ta’kidlandi.

Salohiddin MUHIDDINOV.