Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov: Yangi binolar qurish haqida murojaat qilavermasdan, mavjudlariga mazmun ham kiritish kerak

Avval xabar qilganimizdek, Payariq tumani Chelak shaharchasidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli davom etmoqda.

Shu paytgacha 200 nafardan ziyod murojaatchi ro‘yxatga olindi.

- Har sayyor qabulda xalq dardi bilan murojaat qilaman, - dedi Javshar ota mahallasida yashovchi Fayzulla Hamroyev. - O‘tgan ikki sayyor qabulda elektr va ichimlik suvi muammosini aytgan edim, hal etildi. Bugun qishlog‘imizga piyodalar yo‘lakchasi yotqizilishi, kutubxona, stadion qurilishi bo‘yicha hokimga murojaat qildim. Piyodalar yo‘lakchasi qurish masalasida mahalliy byudjet hisobidan qurilish materiallari ajratilishi aytildi. Yo‘lakchani yotqizish ishlarini esa hashar yo‘li bilan bajarish, hasharchilarga bosh bo‘lish zimmamga yuklandi.

Viloyat hokimi kutubxona va stadion masalasida yangisini qurish emas, balki maktabdagi mavjud kutubxona va stadionga mazmun kiritish taklifini bildirdi.

To‘lqin SIDDIQOV.