Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eron Islom Respublikasining birinchi vitse-Prezidentini Bibixonim majmuasidagi lavh qiziqtirib qo‘ydi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasining birinchi vitse-Prezidenti Ishoq Jahongir boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi E.Turdimov kutib oldi.

Mehmonlar tashrifni Registon majmuasidan boshladi. Bu yerdagi osori-atiqalar, madrasalardagi tarixiy yodgorliklar, sharqona bezaklar, hunarmandchilik mahsulotlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Shohi Zinda va Bibixonim majmualarini ham ziyorat qildi.

- Samarqand o‘zining mahobatli va betakror tarixiy obidalari bilan barchani o‘ziga maftun etadi, - deydi Eron Islom Respublikasining birinchi vitse-Prezidenti Ishoq Jahongir. – Qolaversa, bu yerdan ko‘plab alloma va avliyolar yetishib chiqqanligini alohida e’tirof etish mumkin. Bibixonim majmuasi hovlisidagi lavh esa menda katta taassurot qoldirdi. Husan ELTOYeV.