Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eronda zilzila natijasida uch kishi jarohat oldi

Eronning Shimoliy Xuroson viloyatidagi Sanxvast shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida uch kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Eron IRNA agentligi Eron Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotiga asoslanib.

Bugun Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi Eronda 5,3 balli zilzila sodir bo‘lganligi haqida ma’lum qildi. Zilzila epitsentri Bojnurd shahridan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan, o‘chog‘i markazida 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila jahon muvofiqlashtirilgan vaqti bilan (UTC) 00:54 da (Toshkent vaqti bilan 05:54) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Eron seysmologiya markaziga xabar berganidek, mahalliy vaqt bilan 03:33 da (Toshkent vaqti bilan 05:03 da) Bojnurddan 70 kilometr janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sanxvast shahrida 5,5 balli zilzila sodir bo‘ldi). Undan keyin kamida 10 marta aftershok kuzatildi.

Ayni paytda jabrlanganlarga yordam berish uchun mintaqaga 11 qutqaruv guruhi yuborilgan.