Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertaga Samarqandda katta futbol: “Dinamo” bu mavsumda qanday tarkib bilan o‘ynaydi?

Ertaga, 24 mart soat 18:00 da “Dinamo” o‘yingohida Samarqandning “Dinamo” jamoasi Proliga doirasida Sirdaryoning “Yangiyer” jamoasini qabul qiladi. Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Dinamo” jamoasining mavsumoldi taqdimot va tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda “Dinamo” futbol jamoasining yangi tarkibi, murabbiylar shtabi ommaga tanishtirildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev boshlanadigan mavsum g‘alabalarga boy bo‘lishini, yangi tarkib va yangi murabbiy barcha o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishini, klub rahbariyati va futbolchilarga asosiy vazifa superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish kerakligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda shu yilning yanvar oyida Hakim Fuzaylovning “Dinamo”ga bosh murabbiy sifatida taklif etilgani, jamoga 15 nafar yosh futbolchi qo‘shilgani, ular orasida Ukrainadan ham legioner futbolchilar jalb qilingani, futbolchilarimizga “Agromir beuildings” homiylik qilayotgani aytib o‘tildi.

Quyida yangi tarkib bilan tanishing:

 

Husan Eltoyev.