Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertaga Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

20-21 aprelda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so‘ng Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi.

20 aprelda kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +12 +17 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

21 aprelda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq  kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati +13 +18 darajagacha pasayadi.

Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi.

22 aprelda sovuq antitsiklon periferiyasida harorat kechalari +3 +8 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo +17 +20 daraja isiydi, 23 aprelda esa +22 +25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.