Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eski shaharda gaz ta’minoti yaxshilanadi(mi?)

Keyingi paytda Samarqand shahrining ko‘plab hududlarida qurilish ishlari olib borilayotganligi guvohimiz. Shunga ko‘ra, ayrim ko‘chalar qayta kavlanib gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortilmoqda.

Ushbu suratlar Amir Temur ko‘chasidan olingan. Transport qatnovi hamda yo‘lovchilarga unchalik qiyinchilik tug‘dirmayotgan holda olib borilayotgan bu ishlar shaharning eski shahar qismi gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda. Samarqand shahar hokimligi mutasaddilarining ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand avtomobil zavodi yonidagi taqsimlash joyidan Universitet xiyobonigacha gaz tarmog‘i tortish ishlari shu yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.

Shuningdek, Ulug‘ Tursunov ko‘chasidan o‘tkazilayotgan quvur Bo‘stonsaroy ko‘chasidagi gaz tarmog‘iga ulanadi.

Bundan tashqari, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino qurilayotganligi munosabati bilan Amir Temur ko‘chasining sobiq «Alpomish» zavodigacha bo‘lgan qismida kanalizatsiya tarmog‘i tortilmoqda. Bu yumush uzog‘i bilan bir oy mobaynida yakuniga yetkaziladi.

Adham HAYITOV.

Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.