Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yevropa Ittifoqi Afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishi mumkin: ikki tomonlama muzokaralar boshlandi

Muzokaralar Yevropa Ittifoqi tomonidan Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tan olishini anglatmay, balki Yevropa Ittifoqi va afg‘on xalqi manfaatlari yo‘lida operativ hamkorlikning bir qismi ekanligi aytilmoqdaga.

Yevropa Ittifoqi vakillarining Tolibon bilan muloqoti Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida toliblar chet el fuqarolari va mamlakatni tark etishni xohlovchi afg‘onlarning xavfsiz o‘tishini ta’minlashga va’da berishlarini yana bir bor tasdiqladi. Aeroportlar faoliyatini davom ettirishda esa yordam so‘rashdi.

Shuningdek, har ikki tomon ham qish yaqinlashayotgan bir paytda gumanitar vaziyat yomonlashayotganidan jiddiy xavotir bildirdi. Yevropa Ittifoqi muhtoj afg‘onlarga yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Tolibon endi biz uchun muqarrar muzokarachilarga aylanmoqda. Biz Kobulda o‘z o‘rnimizni ta’minlashimiz va boshqa kuchlar tomonidan chetga surilmaslikka harakat qilishimiz kerak”, degan Yevroittifoq vakili Jozep Borrel. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarda bunday holat takrorlanmasligi uchun Tolibonning Afg‘oniston hukumati ustidan qozongan g‘alabasidan xulosa chiqarish kerakligini ta’kidlagan.

Borrelga ko‘ra, agar Afg‘onistonning yangi rahbariyati bir qator qoidalarga amal qilsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari Tolibon bilan hamkorlik qilishga tayyor. Yevropa Ittifoqi va Tolibon o‘rtasidagi potensial hamkorlik shartlari qatorida u afg‘onlar uchun insonparvarlik yordamidan erkin foydalanish, shuningdek, asosiy inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlashni qayd etgan.

Xususan, Tolibon hukmronligi ostidagi Afg‘oniston terrorizmni boshqa davlatlarga «eksport» qiladigan tramplinga aylanmasligi kerak.