Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fanat, sendan faqat g‘alaba kutamiz!

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskor bokschilar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 75 kilogramm vaznda ringga ko‘tarilgan viloyatimiz vakili pastdarg‘omlik Fanat Qahramonov birinchi bosqichda mo‘g‘ulistonlik raqibi Davaanyam Davaasurenni ochkolar hisobida mag‘lub etdi. Bokschimiz 1/16 final jangida avstraliyalik Adrian Kammarano ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba unga 1/8 finalda jang qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, tajribali bokschi Isroil Madrimov professional boksga o‘tgani bois Past Darg‘om tumanining Gulobod mahallasida yashovchi va shug‘ullanuvchi Fanat Qahramonov 75 kilogramm vaznda birinchi raqamli bokschiga aylandi.

Bugun, 16 sentyabr kuni hamyurtimiz braziliyalik Ebert Da Konseysaoga qarshi ringga chiqishi kutilmoqda.

Bokschimizga omad tilaymiz.

Husan ELTOYeV.