Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fanatning g‘alabasini uning oila a’zolari qanday nishonladi?

Xabar qilganimizdek, pastdarg‘omlik Fanat Qahramonov boks bo‘yicha Olimpiada ilk jangini gruziyalik Georgiy Xarabadzega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi va nufuzli bellashuvning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Biz bunday tarixiy voqeani Past Darg‘om tumanining Gulobod mahallasida, qahramonimizning oila a’zolari bilan kuzatib bordik. Fanatni yoshligidan tarbiyalagan buvisi Kifoyat momo Fanatning g‘alabasidan so‘ng quvonch ko‘zyoshlarini to‘xtata olmadi.
- Musobaqaga ketganidan buyon tunu kun bolajonimni duo qilaman, - deydi Kifoyat momo. - Bugungi g‘alabasidan qalbimiz taskin topdi. Ilohim, Fanatjon keyingi bahslarda g‘alaba qozonib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan kelsin.

Bokschining otasi Dilshod aka va ukalari ham Fanatga omad tilab, televizor qarshisidan jilmadi.

Yashavor, Fanat, keyingi janglaringda omad tilaymiz!