Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Farovon-Siti” xodimlari va fuqaro o‘rtasida nega janjal yuz bergandi?

"Samarqandagi "Farovon Siti Stroy"ni zo‘ravonlari aholiga kuch ishlatib, uyidan haydab chiqaryapti" sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda Samarqand shahar “Zarafshon” MFY hududida “Farovon-siti” MChJ tomonidan qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi sababli 37 ta dala hovli egalarining roziligi bilan tovon pullari to‘lanib, dala hovlilar buzilgan.

Ushbu dala hovlilardan birining egasi S.Sh. unga belgilangan tovon pullarini olganligiga qaramasdan, xonadonni unga berilgan muddatda bo‘shatmagan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.