Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Festivalning eng faol ishtirokchisi qaysi mamlakat?

Bugungacha 11 marotaba o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali tanlovida 36 mamlakat vakillari g‘oliblar safidan joy egallashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik san’atkorlar 9, Janubiy Koreya 7, Ozarbayjon 6, Xitoy 5, Eron va Hindiston vakillari 4 marotabadan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Rossiya, Italiya, Gruziya va Quvayt guruhlari 3 marta, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Afg‘oniston, Bangladesh, Isroil, Turkmaniston, Litva, Yaponiya san’at ustalari 2 martadan shohsupaga ko‘tarilgan.

Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Gretsiya, Misr, Keniya, Malayziya, Madagaskar, Burkina Faso, Buyuk Britaniya, Avstriya, Polsha, Estoniya, Kosta-Rika, Qirg‘iziston va Indoneziya jamoalari bir martadan sovrindor bo‘lishgan.