Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Filippinda 200 dan ziyod kishini yostig‘ini quritgan «Rai» to‘foni Vetnamga tomon harakatlanmoqda

Yuzdan ziyod jarohatlangan va bedarak yo‘qolganlar bor, deya xabar berdi mahalliy Manila Bulletin gazetasi politsiya ma’lumotlariga tayanib.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tabiiy ofatlarni boshqarish bo‘yicha milliy kengash ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon tufayli Filippinning bir qancha mintaqalarida 488 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, hukumat uch mingga yaqin evakuatsiya markazlari ochgan.

Vetnam Gidrometeorologik prognozlar milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon epitsentri Vetnamning Bindin provinsiyasi tomon harakatlanmoqda.

Filippinda har yili 20 ga yaqin bo‘ron va tayfunlar sodir bo‘ladi. Tinch okeanining vulqonli cho‘g‘ halqasida joylashgan arxipelagda Yerdagi vulqonlarning aksariyati joylashgan va muntazam tabiiy ofatlar sodir bo‘ladi.