Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Filippinda “Vamko” to‘foni 39 kishini hayotdan olib ketdi

Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
Filippin armiyasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, to‘fon qurbonlari soni 39 kishini tashkil etmoqda. Biroq politsiya 26 kishi halok bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. 40 nafar filippinlik jarohatlangan, 20 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

“Vamko” tufayli o‘n minglab fuqaro evakuatsiya qilingan. Shamol tezligi soniyasiga 34 metr ko‘rsatkichga yetgan, shuningdek, kuchli yomg‘ir yoqqan.

Mamlakat poytaxti Manila shahrida jamoat transporti faoliyati to‘xtagan. Poytaxt aeroporti va bandargohlar foliyati to‘xtatilgan. “Vamko” joriy yilda mamlakatga talafot yetkazgan 21-to‘fon hisoblanadi.