Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fohishaxona saqlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda fohishaxona saqlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Yunusobod tumanida 8 noyabr kuni soat 17.00 da 39 yoshli Olga L. 100 ming so‘m evaziga uyiga “tanho qolmoqchi” bo‘lgan shaxslarga xizmat qilgan va ana shu voqea ustida qo‘lga olingan.

Ayni paytda ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.