Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Foydalanilmagan tabiiy gaz uchun olingan pullar egalariga qaytarib beriladi

Joriy yil 12 mart kuni Zarnews.uz saytida “Xosaliklar nega berilmagan tabiiy gaz uchun pul to‘ladi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Mazkur maqolada ko‘tarilgan masala yuzasidan “Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari joyida o‘rganish olib bordi.

Haqiqatan ham Payariq tumani Xosa mahallasi xonadonlarida qator yillar davomida tabiiy gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyati bo‘lmaganligi sababli mazkur mahalla viloyat hokimining 2015 yil 11 iyuldagi 147-sonli qarori hamda Payariq tumani hokimining 2015 yil 3 avgustdagi 992-sonli qarorlariga asosan, tabiiy gaz tanqisligi sezilgan hududlar ro‘yxatiga kiritilib, suyultirilgan gazga moslashtirilgan.

Biroq aholi murojaatlaridan so‘ng, 2019 yil noyabr oyida Xosa mahallasidagi 40 ga yaqin xonadon qo‘shni hududdagi gaz taqsimlash nuqtasiga ulanib, tabiiy gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur xonadonlar tabiiy gaz taqsimlash punktining oxirgi nuqtasida joylashganligi sababli shu yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishda muammolar kuzatildi. Tuman gaz ta’minoti idorasi mutaxassislari tomonidan tabiiy gaz tanqisligi bo‘layotganligi sababli endilikda hududdagi barcha xonadonlar suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga o‘tkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalladagi 40 ga yaqin iste’molchilar joriy yilning 30 martidan boshlab tabiiy gaz ta’minotidan uzilgan va 100 foiz suyultirilgan gazga o‘tkazilgan.

2020 yilning oktyabr-noyabr oylarida mahallaning 3 nafar fuqarosi - I.Qo‘zibekov, O.Sulaymonov, A.Qosimovlarning har biri tabiiy gaz uchun to‘lagan 380 000 so‘mdan pullari o‘zlarining debitor qarzdorligini yopish uchun qayta hisob-kitob qilindi.

Hozirda “BillingGaz” dasturida iste’molchilar I.Qo‘zibekovning 122 860 so‘m, O.Sulaymonovning 164 780 so‘m, A.Qosimovning 272 460 so‘m hamda Q.Sattorovning 154 353 so‘m miidoridagi oldindan to‘lovlari mavjud.

Ushbu iste’molchilarning oldindan to‘lovlari hisob-kitob qilinib, egalariga qaytarib beriladi.

“Nududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati.