Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 200 million so‘mdan ortiq pulni undirgan ayol ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Toshkent shahar IIBBning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G. (ayol) fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va video tasvirlarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 85 million so‘mdan 10 million so‘mni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ni o‘zi tomonidan tasvirga olingan foto va video tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, uning 200 million so‘mdan ortiq pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.