Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Furqat Mirzayevning o‘g‘li “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘ldi

29 avgust kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi“ saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Nihol“ mukofoti sohiblari tantanali taqdirlandi.

Ushbu tadbirda viloyatimiz vakili – Anvar Mirzayev estrada yo‘nalishida “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Anvar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan va xotirasida mangu qolgan, Samarqand bulbuli deb e’tirof etilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Furqat Mirzayevning farzandi.

Anvarga otasi ijodini davom ettirib, xalqimizning sevimli san’atkori bo‘lishini tilaymiz!