Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbolchilarimiz bugun OCh finali va Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Tailandda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida bugun yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur bahs g‘olibi nafaqat turnir finali, balki Tokio-2020 Olimpiada yo‘llananmasiga ham ega bo‘lishi bilan ahamiyatli. Bugun vakillarimiz ko‘k rangli libosda harakat qilishadi. Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadigan uchrashuvni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

U-23 Osiyo chempionati. Tailand.

Yarim final. 22 yanvar, 15:15.

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi final yo‘llanmasi uchun Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari maydonga chiqishadi.

Bo‘lajak bahs oldidan terma jamoamizga omad va g‘alaba tilaymiz!