Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVV: Avtoservisdagi portlashda 2 kishi vafot etgan, 4 kishi shifoxonada

Xabaringiz bor, avvalroq bugun, 14 mart kuni soat 11:40 larda Uchtepa tumani Cho‘pon ota MFY hududida joylashgan “Aksava” MChJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida portlash yuz bergani, 2 ta boksining derazasi va devorlari qisman qulash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

FVVning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, holatning kelib chiqishiga kislorod yoki gaz ballonining yorilishi sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Buning oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida va 1 nafari kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.